» » OAV: Misrdagi jangarilar bilan to‘qnashuvda 58 nafar harbiy halok bo‘ldi

OAV: Misrdagi jangarilar bilan to‘qnashuvda 58 nafar harbiy halok bo‘ldi


20-oktabr, juma kuni Misr g‘arbida terrorchilar bilan yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 58 nafar IIV hamda mamlakat Milliy xavfsizligi boshqarmasining maxsus kuchlari halok bo‘ldi. Bu haqda Masrawy yangiliklar portaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Halok bo‘lganlar orasida 23 nafar ofitser (yetti nafar milliy xavfsizlik va 16 nafar maxsus kuchlar xodimi) hamda 35 nafar harbiy askar bo‘lgan”, — deya nashr huquq-tartibot organlaridagi manbasining ma’lumotlarini keltiradi.

Hukumat kuchlari Qohira — Al-Vahat trassasi yaqinida jangarilar guruhi mavjudligi haqidagi xabar asosida zirhli mashinalar bilan o‘sha joyga yo‘l olgan. Ular ekstremistlar tuzog‘iga tushgan va granatomyotlar hamda o‘qotar qurollar tomonidan o‘qqa tutilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita zirhli mashina yo‘q qilingan, uning ichidagi harbiylar ham halok bo‘lgan.

Hujumdan keyin jang maydoniga muhim kuchlar yuborildi. Aviatsiya havoga ko‘tarilgan. Hujum uyushtirganlar ta’qib qilinmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют