» » “Dima Qayum” taxallusi bilan tanilgan tadbirkor Rishtonda xalq kutubxonasi ochdi

“Dima Qayum” taxallusi bilan tanilgan tadbirkor Rishtonda xalq kutubxonasi ochdi


Farg‘ona viloyati Rishton tumanida istiqomat qiluvchi tadbirkor Dilshod Boltaboyev tashabbusi bilan tuman bozorida xalq kutubxonasi tashkil etildi. Dilshod Boltaboyev ijtimoiy tarmoqlarda bozor hududida kutubxona tashkil etish maqsadi borligini, buning uchun unga bosma kitoblar yuborish mumkinligini e’lon qilgandi, deb xabar berdi “Ziyouz.uz”.

Bugun, 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 28-yilligi munosabati bilan Rishton shahri markazidagi dehqon bozori hududida 300 dan ortiq kitobni jamlagan “Roshidoniy” nomidagi xalq kutubxonasi ochildi. Katta kitob javonini Dilshod Boltaboyev o‘z hisobidan yasattirdi.

Bunchalik ko‘p kitob yig‘iladi deb o‘ylamagandim. Javonimizga ba’zi kitoblar sig‘may ham qoldi. Kutubxona uchun kitoblarni yig‘ishda Zohidjon va Ibrohimjon akalar katta yordam berdilar. Xurshid Davron, Isajon Sulton, Botir Ergashev, Xayrulla Hamidov, Bahriddin Asror kabi mualliflar o‘z kitoblarini yuborishganidan quvondim. Kitob jo‘natgan barcha ma’rifatparvar do‘stlarimga, aka-uka, opa-singillarga katta rahmat demoqchiman,

Dilshod Boltaboyev, tadbirkor

Kutubxonada kitoblar, gazeta va jurnallar o‘rin olgan. Bu yerda “Tafsiri Hilol”, “Al-Azkor”, “Riyozus solihiyn” kabi ma’rifiy kitoblardan tortib, Alisher Navoiy, Fyodor Dostoyevskiy, Aleksandr Dyuma, Chingiz Aytmatov, Abdulla Qahhor, O‘tkir Hoshimov, Abdulla Oripov asarlarigacha mavjud.

Kutubxonadan foydalanish bepul. Istalgan kishi kitobni olib, foydalanishi mumkin.

Dilshod Boltaboyev o‘zining xazilga boy postlari orqali Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek auditoriyasi orasida mashhurlikka erishgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют