» » Kaliforniyalik milliarder Trampning impichmenti bo‘yicha kampaniyani boshladi

Kaliforniyalik milliarder Trampning impichmenti bo‘yicha kampaniyani boshladi


Kaliforniyalik milliarder Tom Stayer AQSh prezidenti Donald Trampning impichmenti bo‘yicha kampaniyani boshladi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Stayer e’lon qilgan videoda Tramp AQShni “yadro urushi yoqasiga olib kelgani”, “qonunlarni pisand qilmasligi”, “xorijiy hukumatlardan mablag‘ olishi” va “OAVga tahdid qilishi” bildirilgan.

“Impichment e’lon qilish va xavfli prezidentni lavozimidan chetlatish lozim. Agar bu sabab bo‘lmasa, hukumatimiz nimaga aylanib qoldi?” — deydi miliarder.

Stayerning bayonotida www.needtoimpeach.com saytiga havola mavjud bo‘lib, u yerda Tramp impichmenti uchun elektron imzo qo‘yish taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Hustler jurnali noshiri Larri Flint 15-oktabr kuni Trampning impichmentiga olib keladigan istalgan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют