» » Ispaniya bosh vaziri: Kataloniya hukumati tarqatib yuboriladi, parlamenti qaytadan saylanadi

Ispaniya bosh vaziri: Kataloniya hukumati tarqatib yuboriladi, parlamenti qaytadan saylanadi


Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyning ma’lum qilishicha, Kataloniyaning muxtoriyat huquqlari cheklanishi doirasida hudud hukumati tarqatib yuboriladi, parlamenti qaytadan saylanadi.

Vazirlar Mahkamasining 21-oktabrdagi majlisdan so‘ng, Raxoy hudud ma’muriyati va parlamenti vakolatlari Ispaniya markaziy hukumatiga o‘tkazilishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Ispaniya hukumati mamlakat Konstitutsiyasining 155-moddasini harakatga keltirish doirasida shunday choralarni qo‘llamoqchi. Mazkur modda hududiy ma’muriyatlar qonunni buzsa va butun mamlakat manfaatlariga zid harakatlar qilsa, ularning muxtoriyat maqomini to‘xtatib qo‘yishga ruxsat beradi.

Kataloniyada tartibni qayta tiklash uchun keyingi yarim yil davomida hududiy parlamentga saylov o‘tkaziladi, shundan so‘ng Kataloniyaning yangi hukumati tasdiqlanadi.

Ispaniya hukumatining Kataloniya ma’muriyati vakolatlarini cheklash haqidagi iltimosi mamlakat Senati tomonidan 27-oktabr kuni ma’qullanishi va ertasiga kuchga kirishi kutilmoqda.

“Jahonning hech bir mamlakati o‘zida bu kabi vaziyat — bir tomonlama mustaqillik e’lon qilinishi holatiga yo‘l qo‘ymasdi”, — dedi Raxoy.

Kataloniyada 1-oktabr kuni mustaqillik referendumi bo‘lib o‘tdi, unda ishtirok etganlarning aksariyati Ispaniya tarkibidan ajralib chiqish uchun ovoz berdi.

Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi mazkur referendumni noqonuniy deb topgan edi, rasmiy Madrid esa ovoz berish jarayonida ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini qayd etdi.

Referendumdan so‘ng Kataloniya mustaqillik e’lon qilish-qilmaslik borasida aniq bir pozitsiyani egallashdan bosh tortdi. Buning o‘rniga hudud ma’muriyati muzokaralar boshlashni taklif qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют