» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal etishda Ozarbayjonning adolatli pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal etishda Ozarbayjonning adolatli pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” xalqaro konferensiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda boshchiligidagi ishtirokchilar delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar bermoqda “AzerTag”.

Uchrashuvda bugungi kundagi global jarayonlar, xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan tobora kuchayib borayotgan tahdid va xatarlar sa’y-harakatlarni birlashtirish, konfessiyalararo hamkorlik va muloqotni rivojlantirishni taqozo qilayotgani qayd etildi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish va yoshlarning axloqiy tarbiyasini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda 2017-yilning “Islom birdamligi yili” deb e’lon qilinishi islom dunyosi uchun muhim qadam bo‘lgani va bu tashabbus butun musulmon dunyosida qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidaladi.

Shuningdek, bu masala Toshkentda bo‘lib o‘tgan konferensiyada qabul qilingan deklaratsiyada ham o‘z aksini topdi.

Davlati rahbari O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish va tajriba almashish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Ozarbayjonning arman-ozar, Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal etishda adolatli pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi va BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlarini qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini alohida qayd etdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют