» » Sankt-Peterburgda odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan 4 nafar o‘zbekistonlikdan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan 4 nafar o‘zbekistonlikdan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi


Politsiya xodimlari pul undirish uchun odamlarni o‘g‘irlagan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosidan iborat jinoyatchilar guruhini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi, deb “Izvestiya” xabar bermoqda.

Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi Sankt-Peterburgning Kirov tumanidagi politsiya bo‘limiga murojaat qilib, uning tanishi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.

“78” telekanalining qayd etishicha, qurol-yarog‘ tahdidi ostida erkakni mashinaga o‘tqazib olib qochishgan, ariza bergan shaxsdan erkakni 60 ming rubl miqdoridagi mablag‘ga sotib olish so‘ralgan.

Politsiya xodimlari to‘rt nafar tajovuzkorni tezkorlik bilan qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Tergov davomida qo‘lga olingan Ford mashinasi tekshirilib,  u yerdan olib qochilganlarning shaxsiy buyumlari va qon izlari aniqlangan.

Shuningdek, gumonlanuvchilarning biridan huquq-tartibot xodimlari pnevmatik qurolni tortib olgan.

Hozirda jinoiy guruhning barcha a’zolari qamoqda saqlanmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют