» » Olmaotada nikohsiz xotinining ikki nafar farzandini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Olmaotada nikohsiz xotinining ikki nafar farzandini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi


Olmaota shahri politsiya xodimlari nikohsiz xotinining ikki nafar farzandini o‘ldirganlikda gumonlab O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar departamentiga tayanib, “Zakon.kz” xabar berdi.

“Ayni vaqtda jinoyatning sodir etilish sababini aniqlashga qaratilgan protsessual va tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu bosqichda erkak o‘z ayblarini tan olmoqda. Dastlabki tergov jarayoni doirasida tergovning to‘liqligi va xolisligini tasdiqlashga xizmat qiladigan ekspert xulosalari va boshqa tadqiqotlar amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu erkak bilan birga bolalarning onasi ham qo‘lga olingan bo‘lib, u ham tergov qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayol bir kun oldin bedarak yo‘qolgan deya qidiruvga berilgan edi”, — dedi Olmaota IID tergov boshqarmasi rahbari podpolkovnik Rustam Abdurahmonov.

Shuningdek, xabar berilishicha, fuqaro V.ning katta farzandi qayerda ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan va u tezda tekshiruv ishlarini amalga oshirish uchun shifoxonaga yetkazilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют