» » Bort tanovuli uchun yangi g‘oyalar

Bort tanovuli uchun yangi g‘oyalar


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida bort tanovuli uchun yangi taomlarga bag‘ishlangan birinchi prezentatsiya bo‘lib o‘tdi. Prezentatsiya oldidan Toshkentning yetakchi restoranlari — Caravan Group restoranlar tarmog‘i, “Navro‘z”, “Golubiye kupola”, “Tryufel”, “Aprel”, SalSal vakillarining bort tanovuli mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Ketring” Davlat unitar korxonasiga ekskursiyasi uyushtirildi.

Poytaxt restoratorlari oldindan bort tanovuli sanitar-gigiyenik me’yor va talablari, bunday taomlarni tayyorlash, saqlash, isitish va dasturxonga tortish o‘ziga xosliklari bilan tanishib chiqqan edi.

Birinchi bo‘lib aviayo‘lovchilar uchun bort tanovuli ratsioni va namunalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z konsepsiyasini Caravan Group restoranlar tarmog‘i taqdim etdi. Aviakompaniya mutaxassislari diqqatiga biznes-klass uchun uch xil, ekonom-klass uchun ikki xil menyu varianti taqdim etildi. Jami Caravan Group texnologlari ellikdan ortiq komplekt ishlab chiqqan edi. Bundan tashqari, restoratorlar Rimma Gazaliyeva eskizlari bo‘yicha ishlangan milliy uslubdagi o‘ziga xos idish-tovoq va servirovka buyumlarini taqdim etdi.

 

Havoda minglab soat vaqt o‘tkazgan aviamutaxassislar har bir taomni sinchiklab o‘rgandi, u yoki bu mahsulot transportirovka va termik paketdagi isitishdan so‘ng qanaqa ko‘rinishini surishtirdi.

Caravan Group restoranlar tarmog‘i brend-shefi Vladislav Lipinskiy o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Eng qiyin jihati shundaki, bortning restorandan muhim farqini inobatga olish kerak edi: keyinroq bu taomlar katta hajmda tayyorlanadi va idish-tovoq ancha kichik bo‘ladi. Men katta idish bilan ishlashga o‘rganganman, bu yerda esa taomni ixchamroq va chiroyliroq tayyorlash kerak edi. Taomlar talab qilingan saqlanish muddatiga chidab bera olishi uchun biz ularni bir necha marta qayta tayyorladik, 24 soatlab saqladik, ta’m sifati ham, chiroyli ko‘rinishi ham saqlanishiga erishishga urindik”.

Roppa-rosa ikki haftadan so‘ng milliy aviakompaniyada Toshkentning yetakchi restoratorlaridan bort tanovuli uchun yangi g‘oyalarning navbatdagi taqdimoti rejalashtirilgan.

Restoratorlarning barcha takliflari keyinchalik real parvoz sharoitlarida sinovdan o‘tkaziladi va qayta ishlanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют