» » Samolyotga chiqayotgan vaqtingizda bort kuzatuvchilari nimalarga e’tibor beradi?

Samolyotga chiqayotgan vaqtingizda bort kuzatuvchilari nimalarga e’tibor beradi?


Bort kuzatuvchilari bizga birgina nazar tashlaboq, mushkul vaziyatlarda o‘zimizni qanday tutishimizni, bizga alohida e’tibor zarur bo‘lish-bo‘lmasligini va umuman bizni bortga kiritish mumkin-mumkin emasligini tushunib olishga qodir, deb yozadi “Layfxaker”.

Ular birinchi navbatda quyidagilarga e’tibor beradi:

Odatda ko‘z-ko‘zga tegishidan qochadigan odamlar qo‘rqayotgan yoki asabiylashayotgan bo‘ladi. Yo‘lovchi parvoz oldidan qattiq qo‘rquvni his qilayotganini tan olmasligi mumkin, ammo tajribali bort kuzatuvchisi har ehtimolga qarshi sizga ko‘z-quloq bo‘lib turadi.

O‘zingizni yomon his qilayotganingizda ko‘zlaringizni yashirsangiz ham, qo‘llaringiz qaltiraydi, terlaysiz yoki boshqa belgilarni namoyon qilasiz, bort kuzatuvchisi esa bunga albatta diqqatini qaratadi va zarur bo‘lganida sizga sarosimani yengishda yordam beradi.

Siz sarmast holda pasport nazoratidan o‘tib olishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsangiz, bu sizni samolyotga kirishda qaytarishmaydi, degani emas. Agar styuard samolyotga o‘tirish chog‘ida nomuvofiq xulq yoki tajovuzkorlik belgilarini payqasa, shirakayf sayohatchini reysdan chetlatishlari mumkin.

Bort kuzatuvchilari bizga qarab, shoshilinch evakuatsiya holati yuz bersa, boshqa yo‘lovchilarga yordam bera olish-olmasligimizni baholaydi.

Yo‘lovchi qanchalik xushmuomala bo‘lsa, kutilmagan vaziyatlarda unga birinchi bo‘lib yordam so‘rab murojaat qilishadi.

Bort kuzatuvchilari siz parvozni qanday o‘tkazishingizni oldindan tushunishga harakat qiladi. Agar transportga o‘tirish paytidayoq o‘zingizni yomon his qilayotgan bo‘lsangiz, ehtimol tavakkal qilish kerak emas.

Ma’lum muddatdan keyin shifokordan parvoz uchun ruxsat beruvchi maxsus sertifikat talab qilinadi. Shuningdek, ba’zi aviakompaniyalar homiladorlikning so‘nggi muddatlarida uchishni taqiqlaydi. Bort kuzatuvchilari homilador sayohatchilarga alohida e’tibor bilan yondashib, ular uchun parvozdagi noqulayliklarni minimallashtirishga intiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют