» » Sharm ash-Shayxga O‘zbekistondan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yetib keldi

Sharm ash-Shayxga O‘zbekistondan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yetib keldi


Misrning Sharm ash-Shayx kurort shahri xalqaro aeroportiga O‘zbekistondan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yetib keldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Akhbar el-Yom nashriga ko‘ra, samolyot Misrga 188 turistni hamda Misrga sayohatlarni rivojlantirishni rejalashtirgan turistik agentliklar vakillarini yetkazdi.

Oy oxirida shaharga O‘zbekistondan yana bir reys kelishi kutilmoqda.

Ekspertlar O‘zbekiston Misr uchun yangi turistik bozor ekanligini, O‘zbekistondan keladigan reyslar soni oshishi mumkinligini aytmoqda.

Rossiyadan keladigan reyslar to‘xtatilgani bois Misr turistik sohasi jiddiy zarar ko‘rgan. Rossiyaga Misrga keladigan turistik oqimning 60 foizi to‘g‘ri kelardi.

Bu yo‘qotishlarni Ozarbayjon, Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar hisobidan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют