» » Misrlik ota uyga vazifani bajara olmagan qizchasini kaltaklab o‘ldirdi

Misrlik ota uyga vazifani bajara olmagan qizchasini kaltaklab o‘ldirdi


Misrning Al-Giza shahrida yashovchi erkak besh yoshli qizi bolalar bog‘chasidan uyga berilgan vazifani bajara olmagach, uni o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar beradi Al Arabiya telekanali.

Butun badani momataloq bo‘lib ketgan qizchani kasalxonaga olib kelishgan, shifokorlar esa hodisa haqida politsiyaga ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, qizcha uyga vazifani bajara olmaganini ko‘rib, otasi uni plastik quvur bilan savalagan. Oilaning qo‘shnilari qizchaning baqir-chaqirlarini eshitganini, ammo uni himoya qila olishmaganini aytgan.

Politsiyachilar qizchaning otasini hibsga oldi. U qotillikka iqror bo‘ldi, ammo qizini o‘ldirish istagi bo‘lmaganini aytdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют