» » Dohada Qatarga 4 ta gol urgan o‘zbekistonlik futbolchilar, bugun “Bunyodkor”da BAAni qabul qiladi

Dohada Qatarga 4 ta gol urgan o‘zbekistonlik futbolchilar, bugun “Bunyodkor”da BAAni qabul qiladi


Bugun — 23-oktabr kuni O‘zbekiston va BAA yoshlar terma jamoalari “Bunyodkor” stadionida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv 16:00 da start oladi.

Aleksandr Mochinov murabbiylik qilayotgan jamoaning Amirlik yoshlariga qarshi o‘yinini ko‘rishni istovchilar 10 va 25 ming so‘mlik chiptalarni xarid qilib, O‘zbekistonning eng yaxshi stadioniga tashrif buyurishi mumkin.

25-oktabr kuni tomonlar takroriy o‘yinda ishtirok etadi. O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, ikkinchi uchrashuvga kirish futbol muxlislari uchun bepul bo‘ladi.

Ayni paytda O‘zbekiston va BAA yoshlari Osiyo Chempionatining saralash turniriga bo‘lgan tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida turibdi. Boisi saralash o‘yinlari 30-oktabr kuni start oladi. Bungacha o‘zbekistonlik futbolchilar mamlakat futboli yetakchisi Qatarda bo‘lib turgan bir vaqtda Dohaga borib, Qatar yoshlari darvozasiga 4 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.

O‘zbekiston saralashni Tojikistonda o‘tkazadi va mezbonlardan tashqari, Shri-Lanka, Bangladesh, Maldiv orollari termalari bilan kuch sinashadi. Amirlik yoshlarining Toshkentga kelishi ham bejiz emas. Chunki ular saralashni Qirg‘izistonda, mezbonlardan tashqari, Bahrayn, Ummon va Nepalga qarshi o‘tkazadi.

BAA futbolchilarining tashrifi har ikki mamlakat futbol federatsiyalari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik natijasidir. Qayd etish kerak, 14-noyabr kuni har ikki mamlakat milliy termalari Amirliklarda o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

O‘zaro memorandum sharofati bilan, shuningdek, 4-dekabr kuni BAA hakamlari “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvini boshqarish uchun Toshkentga tashrif buyuradi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют