» » Ayollar xalqaro kunida BAAdan ustun kelgan O‘zbekiston yoshlar termasi takroriy o‘yinda yengildi

Ayollar xalqaro kunida BAAdan ustun kelgan O‘zbekiston yoshlar termasi takroriy o‘yinda yengildi


Aleksandr Mochinov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Amirlik yig‘inidagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida BAA yoshlaridan ustun kelgandi — 2:0. Takroriy o‘yinda esa mezbonlar buning uchun o‘ch oldi.

O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda BAA 2:1 hisobida ustun kelgan. O‘zbekistonliklar tomonidan urilgan yagona golga 77-daqiqada Rahmatilla Mirzaahmedov mualliflik qilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi posboni Javohir Qilichev penaltidan berilgan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Amirlik futbolchilari 11 metrlik jarimani ko‘kka sovurib ham zafar quchishni uddalagan.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi shu yilning 31-oktabr kuni start oladigan Osiyo chempionatiga saralash turnirida ishtirok etadi. Aleksandr Mochinov jamoasining keyingi yig‘ini va o‘yinlari qachon bo‘lishiga oydinlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют