» » Suriya kurdlari IShIDdan yirik neft konini tortib oldi

Suriya kurdlari IShIDdan yirik neft konini tortib oldi


AQSh boshqaruvidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya demokratik kuchlari Dayr-az-Zor provinsiyasidagi yirik neft koni ustidan nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Suriya demokratik kuchlari saytida qayd etilishicha, kurdlar Al-Omar neft konini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, hukumat qo‘shinlari neft konidan uch kilometr masofada joylashgani ma’lum qilingan.

Al-Omar neft koni uzoq vaqt mobaynida IShID terrorchilari nazoratida edi. Kon Frot daryosining sharqiy sohilida joylashgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют