» » OAV: Shvetsiya KXDRdan 40 yil oldin yetkazib berilgan Volvo avtomobillari uchun qarzlarini qutulishni talab qilmoqda

OAV: Shvetsiya KXDRdan 40 yil oldin yetkazib berilgan Volvo avtomobillari uchun qarzlarini qutulishni talab qilmoqda


Shvetsiya KXDRdan qirq yil oldingi qarzini to‘lashni talab qildi. Bu haqda KBS radiostansiyasi EKN sug‘urta kompaniyasining hisobotiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

KBS’ning ko‘rsatishicha, KXDR Shvetsiya oldidagi qarzdor 16 davlatning umumiy miqdordagi mablag‘larini 45 foizini tashkil etadi — bu 330 million dollar demakdir. “Shu bilan birga KXDR — Skandinaviya davlatidan qarzdor bo‘lib, qaytarishga harakat ham qilmagan yagona mamlakat”, — deya ta’kidlaydi radiostansiya.

1974-yilda KXDR Shvetsiyadan bir necha ming Volvo markasidagi avtomobillarni va boshqa turdagi tovarlarni sotib olgan. Yetkazib berish amalga oshirilgan, biroq Pxenyan turli sabablar bilan pulni o‘tkazib bermagan.

Dastlabki qarz 73 million dollarni tashkil etgan, ammo qirq yildan buyon uning foizlari sabab 4,5 barobarga oshib ketgan. “Shimoliy Koreya qarzlarni to‘lash talabiga hech qanday javob bermayapti”, — deb xabar qiladi KBS.

2014-yilda Rossiya KDXRga Sovet ittifoqi davrida berilgan kreditlar uchun qariyb 10 milliard dollarlik qarzidan kechib yuborgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют