» » Turkiyada IShID tarkibiga qo‘shilib ketgan rossiyalik sobiq harbiy ushlandi

Turkiyada IShID tarkibiga qo‘shilib ketgan rossiyalik sobiq harbiy ushlandi


Turkiyada muqaddam Rossiya armiyasida xizmat qilgan Denis Xisamov hibsga olindi. U soxta tojik pasportiga ega bo‘lgani bois Tojikistonga yuborildi, deb xabar beradi Meduza.

Xisamov IShID tarkibida Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishda ayblanmoqda. U Turkiyada 2017-yil aprelida ushlangan edi, ammo bu haqda endi xabar qilindi.

Tojikiston IIV xabariga ko‘ra, Xisamov jinoyat sodir etish uchun Rossiyaga qaytishni rejalashtirgan. U 2004–2009-yillarda Rossiya mudofaa vazirligida ishlagan va kapitan unvonigacha yetib borgan. Harbiy karyerasi boshida u vazirlik 274-ilmiy markazi davlat sirini himoya qilish xizmati boshlig‘i bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют