» » Mo‘ynoqda xalqaro festival boshlandi

Mo‘ynoqda xalqaro festival boshlandi


24—25-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomiya festivali,“Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi” ekofestivali, Berdaq va Ajiniyaz xalq shoirlarining she’riy-musiqiy xalqaro festivallari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirlarning birinchi kuni ya’ni 24-oktabrda I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida festival qatnashchilari ishtirokida “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivali, “Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi” ekofestivali, Berdaq va Ajiniyaz xalq shoirlarining she’riy-musiqiy xalqaro festivallarning tantanali ochilishi va ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

Festivalga xorijiy davlatlar va Respublikaning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar hamda ishtirokchilarni san’at muzeyining 1—2-bloklarida joylashgan ekspozitsiyalar bilan tanishtirish va sayohat so‘ngida muzey foyesida Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri simfonik orkestrining ijrosida konsert dasturi namoyish etiladi.

Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida festival mehmonlari va ishtirokchilariga Qashqadaryo viloyati teatrining “Tanho qayiq” nomli spektaklini namoyish etish kabi ko‘plab madaniy tadbirlar belgilangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют