» » “Sharq taronalari” musiqa festivalining konsert dasturlari boshlandi

“Sharq taronalari” musiqa festivalining konsert dasturlari boshlandi


Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali doirasidagi tanlov dasturining birinchi kuni o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tanlovni Afg‘onistonning “Safar” ansambli boshlab berdi. Keyin sahnaga Gretsiyaning “Entopiya” guruhi taklif etildi. Hozir Germaniyaning Reinxard reissner jamoasi yig‘ilganlarni o‘zining musiqiy dasturi va kuy-qo‘shiqlari bilan bahraman etmoqda.

Shuningdek, tanlov dasturining birinchi kunidan Ozarbayjon, Nepal, Qozog‘iston, Belgiya, Rossiya, O‘zbekistonning “Sohib Poshozoda”, “Kanta Dab Dab”, “Uljan Baibosinova”, “Limbrant”, “Razdolye”, “Registon” ansamllari chiqishi o‘rin olgan.

Samarqand shahri amfiteatri va boshqa madaniy-marifiy maskanlarida festival qatnashchilari ishtirokida musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют