» » So‘rovnoma: O‘zbekistonliklarning 93,8 foizi o‘zini huquqiy jihatdan himoyalangan deb hisoblaydi

So‘rovnoma: O‘zbekistonliklarning 93,8 foizi o‘zini huquqiy jihatdan himoyalangan deb hisoblaydi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq “Jamoatchilik fikri ko‘zgusida sud-huquq tizimi islohoti” mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati, ya’ni 89,6 foizi sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, huquqiy va demokratik davlat barpo etishning asosiy kafolati sifatida qonun ustuvorligi tamoyili mustahkamlanishiga katta ishonch bilan qaraydi.

69,7 foiz ishtirokchi sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlarning ijobiy samarasi jamiyat va davlat hayotining ko‘plab jabhalariga daxldor ekanini ta’kidlagan. So‘rov davomida fuqarolar jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, biznesni rivojlantirish sohasida huquqni ta’minlash, tadbirkorlar manfaatini himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalarini sud-huquq tizimidagi islohotlar bilan bog‘liq tarzda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar sifatida qayd etgan.

Har uchinchi respondent aholining sud-huquq tizimidagi islohotlardan yetarli darajada xabardor emasligi, huquqiy madaniyat va huquqiy ta’lim darajasi zamon talablariga javob bermasligi sohada muvaffaqiyatli o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lidagi jiddiy to‘siqdir, deb hisoblaydi.

So‘rov aholi huquqlari va qonuniy manfaatlari har qanday tajovuzdan himoyalanganini ko‘rsatdi. Aksariyat, ya’ni 93,8 foiz respondent o‘zini huquqiy jihatdan himoyalangan, deb hisoblaydi.

Ishtirokchilarning 67,1 foizi o‘z manfaatlarini himoya qila olishi va buzilgan huquqlari qonuniy yo‘l bilan tiklanishiga erisha olishiga qat’iy ishonadi. Monitoring natijalariga ko‘ra, 2015-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan muddatda o‘z qonuniy huquq va manfaatlarini tiklay olishiga qat’iy ishongan fuqarolar foizi barqarorligi saqlanib qolmoqda.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining aksariyati (93,2 foizi) mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilinganini ma’qullaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют