» » “Ijtimoiy fikr”: Davlat organlariga murojaat qilgan fuqarolarning 10 foizi javobdan qoniqmagan

“Ijtimoiy fikr”: Davlat organlariga murojaat qilgan fuqarolarning 10 foizi javobdan qoniqmagan


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida navbatdagi so‘rovni o‘tkazdi.

“So‘rov ishtirokchilarining fikricha, hokimiyat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari fuqarolarning murojaatlarini diqqat bilan o‘rganmoqda, ularning faoliyatiga bo‘lgan ishonch ortmoqda”, — deb yozadi O‘zA.

O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘tkazilgan so‘rovda aholining turli ijtimoiy guruhlari — 18 va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar, shahar va qishloq aholisi, turli etnik guruhlar va konfessiyalar vakillari qatnashgan.

Tadqiqot davomida ishtirokchilarning aksariyati (84,3 foizi) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan aholi bilan faol va ochiq muloqot qilish bo‘yicha yangi tizimning Xalq qabulxonalari instituti ko‘rinishidagi yangi shaklini qo‘llab-quvvatlashi va ma’qullashini ko‘rsatdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 34,6 foizi so‘nggi vaqtda davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik boshqaruvi idoralariga o‘z muammolarini hal etish bo‘yicha murojaat qilgan. Ularning yarmidan ortig‘i o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish yoki ta’minlashni so‘ragan.

So‘rov ishtirokchilarining 28 foizi mahallalar, sud, huquqni muhofaza qilish, nazorat organlari, pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklaridan yordam so‘ragan.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarning 32,4 foizi kommunal soha va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr energiyasi, ichimlik suv, gaz va issiqlikni o‘z vaqtida berish bilan bog‘liq masalalarni dolzarb deb hisoblaydi.

Fuqarolar davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash, yerdan foydalanish, bank kreditlari, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish, chiqarilgan sud qarorlaridan noroziligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham murojaat qilgan.

So‘rov ishtirokchilarining yarmidan ko‘pi — 61,4 foizi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yozma arizalar, Xalq qabulxonalari orqali murojaat qilgan bo‘lsa, 16,7 foizi “My.gov.uz” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan, 13,1 foizi esa ariza yoki shikoyatlarini bevosita tashkilotlar, vazirlik va idoralar saytlariga yuborgan.

Fuqarolarning 75,4 foizi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ariza, har beshinchi ishtirokchi shikoyat bilan murojaat qilgan. So‘rov davomida 82,1 foiz ishtirokchi murojaatlarni ko‘rib chiqishda tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha shaxsan suhbatlashganini aytgan.

Davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilgan ishtirokchilarning 53,9 foizi arizasi bo‘yicha javoblarni qonunda belgilangan o‘n besh kun ichida olganini, 13,3 foizi esa javob bir oyda kelganini qayd etgan. Qonunchilikda bunday holatlarga shikoyat yoki arizani ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish zarur bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.

67,8 foiz ishtirokchining fikriga ko‘ra, ular murojaat qilgan davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun aniq choralar ko‘rgan. Tadqiqot jarayonida so‘rovda qatnashgan har ikkinchi ishtirokchi murojaat natijasidan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, har beshinchi ishtirokchi (20 foizdan ortig‘i) qisman qanoatlangani, 5—10 foizi javobdan qoniqmaganini bildirgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют