» » Navoiyda jazoni o‘tayotgan mahbus Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” a’zosi bo‘lganini tan oldi

Navoiyda jazoni o‘tayotgan mahbus Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” a’zosi bo‘lganini tan oldi


Hozirgi vaqtda Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jazoni ijro etish bo‘limida saqlanayotgan Abdurashid Aripov o‘z aybiga iqror bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Telegraf.uz”.

Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”) 2-qismi bilan ayblangan 46 yoshli Aripov ayni vaqtda jazoni o‘tamoqda.

Xabar berishlaricha, Aripov ariza bilan murojaat qilib, 1999—2000-yillarda Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik oqimi tarkibida faoliyat yuritgani va Shokir Odilov ismli shaxs bilan ishlaganini tan olgan.

“Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, Shokir Odilov haqidagi ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi”, — deyiladi “Telegraf.uz” xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uch fuqaro o‘z aybiga iqror bo‘lib, “Hizb ut-Tahrir” tarkibida faoliyat yuritganini tan olgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют