» » Bermud ofshorlari haqidagi ma’lumotlar xakerlar qo‘liga tushib qolgani aytildi

Bermud ofshorlari haqidagi ma’lumotlar xakerlar qo‘liga tushib qolgani aytildi


24-oktabr kuni xakerlar ofshor zonalari bo‘yicha konsalting va yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi eng yirik kompaniyalardan birining ma’lumotlar bazasiga daxl qilgan bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Appleby Global kompaniyasi Bermud orollarida joylashgan, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

G‘arb matbuotiga ko‘ra, kompaniya vakillarining o‘zlari kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan voqeani tekshirib, ayrim ma’lumotlar xavfsizligi buzilganini aniqlaganini tan oldi.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan tekshiruvlar yakunlariga ko‘ra Appleby Global ma’lumotlar bazasi strukturasi umuman olganda xavfsizlikda ekanligini ma’lum qildi.

Shunga qaramay, jurnalistlar hujum oqibatida dunyo bo‘ylab tarqalgan ko‘plab ofshorlarning egalari haqidagi ma’lumotlar xakerlar qo‘liga tushgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

2016-yil aprelida Panamaning ro‘yxatga oluvchi Mossac Fonseca kompaniyasining ofshorlar haqidagi ma’lumotlari fosh etilishi yirik siyosiy janjalga olib kelgan edi: ko‘plab mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari hamda ularning yaqinlari ofshor kompaniyalari bilan bog‘liqligi aniqlandi.

Islandiya janjal bosh vazir Sigmyundyur David Gyunnleygssonning iste’fosi bilan tugadi. Ko‘plab davlatlarda Panama hujjatlari soliq organlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют