» » O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida 150 dan ortiq avtomobil to‘planib qoldi

O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida 150 dan ortiq avtomobil to‘planib qoldi


O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida, “B. Konisbayev” punktida katta tirbandlik yuzaga keldi: 150 dan ortiq avtomobil O‘zbekistonga o‘ta olmayapti. Bu haqda “Today.kz” manbalariga tayanib, “Kommersant.uz” xabar bermoqda. 

Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligining transport qo‘mitasi tirbandlikni O‘zbekistonga yo‘l olgan transport vositalari soni ko‘payganligi bilan izohladi va holatni o‘nglash сhoralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Vazirlik rasmiy vakili Murod Jumanboyga ko‘ra, Xitoydan O‘zbekistonga yuk olib kelayotgan yuqoridagi avtotransport vositalaridan 40 tasida uchinchi davlatdan kirib kelishga ruxsat beruvchi O‘zbekiston blankalari mavjud emas. 

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar — sentabr oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga yuk tashish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga o‘sdi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют