» » Peskov IShID safida jang qilayotgan rossiyaliklar yo‘q qilinayotganini ma’lum qildi

Peskov IShID safida jang qilayotgan rossiyaliklar yo‘q qilinayotganini ma’lum qildi


Rossiyadan chiqib, Suriya hamda Iroqda jang qilayotgan IShID terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan fuqarolar yo‘q qilinayotgan jinoyatchilar hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib “RBK” xabar berdi.

“Terrorchilarga qo‘shilganlar va terrorchilik faoliyatiga aloqasi borlar, qo‘llarida qurol bilan Suriya qurolli kuchlariga qarshilik ko‘rsatayotgan yoki bizning operatsiyamizda ishtirok etayotgan rossiyalik harbiylarga qarshi qurollarini yo‘naltirganlar — bular jinoyatchilardir, ular yo‘q qilinmoqda”, — dedi Peskov.

Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi shaxslar haqida Rossiya Mudofaa vazirligi har kuni Kremlga xabar bermoqda.

Soufan Group tahliliy agentlining 2017-yil oktabr oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, IShID tarkibida Iroq va Suriyada jang qilayotgan rossiyalik jangarilar soni 3 417 nafarni tashkil etmoqda.

Bu terrorchilik tashkiloti tarkibida jang qilayotgan xorijlik davlatdan bo‘lgan fuqarolarning eng ko‘p ko‘rsatkichidir. Ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni bo‘lib, mamlakatning 3 244 nafar fuqarosi jangarilar safida, uchinchi o‘rinda esa iordaniyaliklar — 3 ming jangari.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют