» » “Metallurg”ning so‘nggi ikki o‘yinida 90-daqiqadan keyin 2 tadan gol urildi. Bu tasodifmi?

“Metallurg”ning so‘nggi ikki o‘yinida 90-daqiqadan keyin 2 tadan gol urildi. Bu tasodifmi?


O‘zbekiston Oliy Ligasi ishtirokchisi bo‘lgan Bekobodning “Metallurg” futbol klubi so‘nggi ikki turda 5 tadan gol urilgan o‘yinlarda ishtirok etdi. Birida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga 2:3 hisobida imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, yana birida Toshkent viloyatining boshqa bir klubi “Olmaliq” taslim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qator sport jurnalistlari mazkur holatga shubha ko‘zi bilan qaraganini ko‘rish mumkin. Boisi, har ikki o‘yinda ham asosiy vaqt yakuniga yetib, qo‘shimcha daqiqalar boshlanganida 2 tadan gol urilgan.

25-tur

Gollar: Izzat Abdullayev, 37 (1:0). Ayubxon No‘monov, 46 (1:1). Sanjar Rashidov, 80 (2:1). Izzat Abdullayev, 93+ (3:1). Alisher Ziyovuddinov, 96+ (3:2).

26-tur

Gollar: Muhammadodil Qahramonov, 37 (1:0). G‘ulomhaydar G‘ulomov, 40 (1:1). Islombek Isoqjonov, 80 (2:1). Sirojiddin Allayev, 92+ (3:1). Vladislav Kasminin, 93+ (3:2).

Avvalroq Toshkentning “Obod” futbol klubi 4 ta ayblov bilan Oliy Ligadan chetlatilgandi:

Bekobodning “Metallurg” klubi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani yoki yo‘qligi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. “Obod”ning o‘yinlaridan shubhalangan Federbet xalqaro notijorat federatsiyasi bu borada O‘FFga maktub yo‘llagan yoki yo‘qligi ham aniq emas.

“Metallurg” bundan 3 yil avval Toshkentning “Paxtakor” klubini 2 ta gol farqi bilan mag‘lub eta turib, 80-daqiqadan keyin 3 ta gol o‘tkazib yuborgan va mazkur o‘yin O‘FF tomonidan sport prinsiplariga zid deb topilgandi. Bunda tashkilot Toshkentning “Paxtakor” klubini ham jazolashga va’da bergan bo‘lsa-da, yakunda sport prinsiplariga zid bo‘lgan o‘yin aybdorlari topilmadi. Faqatgina bir tomon — “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov 3 oyga futboldan chetlashtirildi.

2017-yilgi mavsum 1-davrasida “Metallurg” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni 3:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, jamoaning “Olmaliq” maydonidagi bellashuvida imkoniyat boy berilgan — 0:1. O‘z navbatida “Olmaliq” va “So‘g‘diyona” klublarining o‘zaro to‘qnashuvlari ham o‘z uyida to‘p surayotgan tomonning 1 ta gol farqili g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.

“Metallurg” va “Olamliq” klublarining o‘zaro o‘yinlardagi uy g‘alabalari Oliy Ligada ko‘p bor kuzatiladi. “Olmaliq” klubini salkam 10 yilga yaqin vaqt davomida boshqargan Igor Shkvirin ayni paytda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida faoliyat olib boradi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют