» » Oliy liga. “Nasaf” 2-o‘rinda, “Obod”dan ikkinchi g‘alaba. Buxoroda hakam 3 ta penalti qo‘ydi

Oliy liga. “Nasaf” 2-o‘rinda, “Obod”dan ikkinchi g‘alaba. Buxoroda hakam 3 ta penalti qo‘ydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 11-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Mazkur turda Toshkent grandlarining 2 ochkodan boy berishi bilan start olgandi.

Turning ikkinchi kunida Toshkentning “Obod” klubi Samarqand klubini mag‘lub etdi va so‘nggi o‘rindan bir pog‘ona yuqorilashga erishdi. Toshkent viloyati derbisida “Olmaliq”dan yengilgan “Metallurg” oxirgi jamoaga aylandi.

Qashqadaryo derbisida “Nasaf” 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 11-turdan keyin turnir jadvalining ikkinchi jamoasiga aylanib oldi.

Eng qiziqarli o‘yin Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Shu kuni “Navbahor” darvozasiga bosh hakam To‘xtasinov 3 ta penalti tayin qildi. Shularning ikkitasini Ivan Nagayev aniq amalga oshirgan bo‘lsa, yana bittasida Alisher Shog‘ulomov darvozabon bilan duelda yengildi. Natijada Namangan klubi Buxorodan 1 ochko olib qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
11-tur bellashuvlari
18-may, payshanba

Gollar: Sanjar Rihsiboyev, 60 (1:0). Sanjar Rihsiboyev, 68 (2:0). Doniyor Hasanov, 75 (3:0). Abdumalik Abdullayev, 89 (3:1).

Gol: Islom Rashidxonov, 22 (1:0).
Chetlatish: Iskandar Shoyqulov, 87 (M).

Gol: Igor Yelich, 72-pen (1:0).

Gol: Sanjar Rashidov, 26 (1:0).

Gollar: Kirill Pasichnik, 3 (1:0). Aziz Turg‘unboyev, 19 (1:1). Ivan Nagayev, 45-pen (2:1). Nemanya Yovanovich, 51 (2:2). Nemanya Yovanovich, 64 (2:3). Ivan Nagayev, 74-pen (3:3).
Chetlatishlar: Ergash Ismoilov, 81 (B). Oybek Qilichev, 81 (N).
Noaniq penalti: Alisher Shog‘ulomov (B).

Gollar: Muzaffar Muzaffarov, 7 (0:1). Dmitriy Komarovskiy, 45 (0:2). Fayzulla Qambarov, 47 (1:2). Otabek Zokirov, 55 (2:2).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 09:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют