» » AQShda 42 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi

AQShda 42 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi


AQShning Nyu-York shtatida bundan 42 yil avval yo‘qolgan ayol Massachusets shtatidan topildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

1975-yilda Flora Stivensni turmush o‘rtog‘i shifoxonaga olib borib qo‘ygan va shundan beri uni qaytib ko‘rmagan.

Joriy yilning oktabr oyida Flora Stivens Massachusets shtatidagi keksalar uyidan topilgan.

78 yoshli ayolning aqli noraso, shuning uchun ham u keksalar uyida boshqa familiya ostida ro‘yxatdan o‘tgan. Bundan tashqari, Stivens o‘z tarixini eslolmaydi.

“42 yil avval yo‘qolgan odamni qayta izlash holati har doim ham uchrayvermaydi. Asosiysi, Floraning ahvoli yaxshi”, — deydi sherif Mayk Shiff.

Qayd etilishicha, politsiya uzoq yillar mobaynida yo‘qolgan ayolni izlagan, biroq barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Oktabr oyida politsiyachilar Sallivan okrugidagi hamkasblarining yordami bilan ayolni topishga muvaffaq bo‘ldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют