» » Germaniyalik ayol chivin chaqishi oqibatida qo‘lidan va ikki oyog‘idan ayrildi

Germaniyalik ayol chivin chaqishi oqibatida qo‘lidan va ikki oyog‘idan ayrildi


Germaniyaning Kyoln shahrida istiqomat qiluvchi ayol chivin chaqishi oqibatida qo‘lidan va ikki oyog‘idan ayrildi. Bu haqda K?lner Express xabar bermoqda.

43 yoshli Zonya Kuyas farrosh bo‘lib ishlardi. Mart oyida u axlatni olib chiqayotganida ayolni chivin chaqib oldi. Chivin chaqqan yerda dastlab g‘urra hosil bo‘ldi so‘ng bo‘g‘imlarida og‘riq paydo bo‘ldi, boshi aylana boshladi. Hamkasblari tez yordam chaqirdi.

Shifoxonadagi tekshiruvdan so‘ng shifokorlar ayolni uyga jo‘natib yubordi, ammo uning ahvoli yomonlashdi. Turmush o‘rtog‘i ayolni yana shifoxonaga olib keldi. Mijoz komaga tushib qoldi, qo‘l-oyoqlari qoraya boshladi.

Shifokorlar ayolning ikki oyog‘ini va chap qo‘lining bir qismini amtupatsiya qildi.

Tibbiyot xodimlarining taxminicha, chivin chaqishi tufayli Zonyaning qoniga infeksiya tushgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют