» » Onkologiya markazining sobiq rahbariyati qariyb 2 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda

Onkologiya markazining sobiq rahbariyati qariyb 2 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda


Toshkent shahar prokuraturasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ilmiy onkologiya markazining sobiq direktori, bosh buxgalteri va moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv direktoriga qarshi jinoiy ish ochdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu shaxslar guruhi budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgani aniqlandi.

Tekshiruv davomida 2008–2016-yillarda sobiq bosh buxgalter Yermichyova I. Yu, 2000–2016-yillarda markaz direktori sifatida ishlagan Navro‘zov S., 2009-yildan bugungi kunga qadar moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv direktori lavozimini egallab kelgan Narziyev F.N. umumiy miqdorda qariyb 2 milliard so‘m pulni talon-toroj qilib yuborgani aniqlandi.

Ular qiymati 504,8 million so‘mga teng qimmatliklarni o‘zlashtirishda, shuningdek, xarajatlarni ko‘paytirib ko‘rsatish yo‘li bilan markaz daromadini kamaytirib ko‘rsatib, 802 million so‘m o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют