» » Sayfullo Soipov Nyu-Yorkning Bruklin ko‘prigida ham terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan

Sayfullo Soipov Nyu-Yorkning Bruklin ko‘prigida ham terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan


AQSh rasmiylarining fikricha, 31-oktabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten qismida piyodalarni bosib ketgan kelib chiqishi o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov shaharning Bruklin ko‘prigida yanada ko‘proq odamlarga zarar yetkazish niyatida bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Nyu-York shtati Janubiy okrugi prokuraturasining da’vo arizasida ta’kidlanishicha, Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov imkon qadar ko‘proq odamni qurbon qilish istagida bo‘lganini tan olgan. Ariza matni The New York Times’da berilgan.

Bundan tashqari, Sayfullo Soipov IShID terrorchilik tashkiloti targ‘iboti ta’siri ostida harakat qilganini ham tan olgan.

“Soipov imkon qadar ko‘proq odamni o‘ldirish niyatida bo‘lgan. U hujum vaqtida avtomobilning old va orqa tomoniga IShID bayrog‘ini ilib qo‘ymoqchi bo‘lgan, biroq, o‘ziga bemahal e’tibor tushishidan qochib, fikridan qaytgan”, — deyiladi prokuratura hujjatida.

Hujjatda qayd etilishicha, Soipov IShIDning targ‘ibot materiallarini o‘z uyali telefoni orqali kuzatib borgan. U, teraktdan so‘ng shifoxonaga yotqizilgach, o‘z palatasiga IShID bayrog‘ini joylashtirish istagini bildirgan.

Okrug prokurori Yon Kimning so‘zlariga ko‘ra, Soipovning telefonidan “IShID tomonidan tarqatilgan ko‘plab materiallar, xususan, odamlarni qatl etish bilan bog‘liq 19 ta videolavha” topilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют