» » AQShda Nyu-Yorkdagi terakt munosabati bilan qidirilayotgan ikkinchi o‘zbekistonlikni izlash ishlari to‘xtadi

AQShda Nyu-Yorkdagi terakt munosabati bilan qidirilayotgan ikkinchi o‘zbekistonlikni izlash ishlari to‘xtadi


AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) sakkiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Nyu-Yorkdagi terakt munosabati bilan qidiruvga berilgan ikkinchi o‘zbekistonlikni izlash ishlarini to‘xtatdi. Bu haqda, FQBning Nyu-Yorkdagi bo‘linmasi vakili Uilyam Suiniga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Biz ortiq bu insonni izlamayapmiz. Biz unda 31-oktabr kuni yuz bergan hodisa bilan bog‘liq axborot bor, deb hisoblagandik. Biroq biz uni ortiq izlamayapmiz”, — dedi Suini.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vaqtincha qidiruvga berilgan bu shaxsning qayerda ekani aniqlangan. FQB tomonidan avvalroq e’lon qilingan bayonotda terakt munosabati bilan o‘zbekistonlik Muhammadzoir Qodirov qidirilayotgani aytilgan edi.

31-oktabr, seshanba kuni Nyu-Yorkda pikap mingan erkak sakkiz kishini bosib ketdi. Mahalliy ma’muriyat ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil kelib chiqishi o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov tomonidan boshqarilgan. O‘z vaqtida Florida va Nyu-Jersi shtatlarida istiqomat qilgan Soipov terakt vaqti yaralangan va qo‘lga olingan.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют