» » Germaniyadagi 30 mingta qochoqning qayerdaligi noma’lum qolmoqda

Germaniyadagi 30 mingta qochoqning qayerdaligi noma’lum qolmoqda


Germaniya rasmiylari qariyb 30 mingta qochoqning qayerda ekanligi haqida hech qanday ma’lumotga ega emas. Bu haqda Bild xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu odamlar Germaniyadan qochoq maqomini berishni so‘raganlar hisoblanadi. Ularning so‘roviga rad javobi berilgan va ular mamlakatdan chiqib ketishi kerak bo‘lgan.

RTVI telekanalining aniqlik kiritishicha, 2016-yilning dekabr oyida mamlakatdan 54 ming kishi chiqib ketishi kerak bo‘lgan, biroq faqat 23 ming kishiga davlat chiqib ketish uchun yordam berilgan. Qolganlarning qayerga ketgani noma’lum. Mamlakat ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ular “panada pisib yotibdi” yoki mustaqil ravishda Germaniyani tark etgan.

2016-yilning 26-fevralida mamlakat hukumati bir yil avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan 130 mingta qochoqning joylashgan joyi haqida hech narsa bilmasligi xabar qilingan. Bu odamlar ular belgilangan yashash joyiga ham bormagan.

Qochoqlarning yo‘q bo‘lishiga sabab sifatida ularning vatanga qaytish, Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga o‘tish yoki noqonuniy qochoqqa aylanish ko‘rsatilmoqda.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют