» » Anqara Berlindan davlat to‘ntarishi yetakchilaridan birini topshirishni talab qildi

Anqara Berlindan davlat to‘ntarishi yetakchilaridan birini topshirishni talab qildi


Turkiya tashqi ishlar vazirligi Germaniyaga Turkiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinishning rahbarlaridan biri — Odil Oksuzni ekstraditsiya qilishni so‘rab, talabnoma yuborgan. Bir hafta avval u Germaniya hududida ekanligi qayd etilgan. Bu haqda Sabah nashriga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Shuningdek, Turkiya hukumati Berlindan Oksuzning joylashagan joyi haqida ma’lumot berishni va uning Germaniyaga kelganligi haqidagi xabarni tekshirishni so‘ragan.

Turli ma’lumotlariga ko‘ra, Oksuz Frankfurt va Ulmda qayd etilgan. Shuningdek, u Baden-Vyurtemberg yerida vaqtincha yashash uchun ruxsat olgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan.

Oksuz inqilobning eng ko‘p qidirilayotgan ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Uni topishda yordam beradigan ma’lumot uchun Turkiya hukumati 1,1 million dollar va’da qilgan.

Oksuz 2016-yil 15-iyulda, inqilob vaqtida qo‘lga olingan, biroq u xavfsizlik kuchlari qo‘lidan xalos bo‘lib, mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют