» » Turkiya Germaniya rasmiylari to‘ntarishga aloqador harbiylarga boshpana berganidan hafsalasi pir bo‘ldi

Turkiya Germaniya rasmiylari to‘ntarishga aloqador harbiylarga boshpana berganidan hafsalasi pir bo‘ldi


Turkiya Germaniya rasmiylarining Anqara davlat to‘ntarishiga aloqador sanaydigan qator turk harbiylariga siyosiy boshpana berish haqidagi qarorini ikki tomonlama munosabatlarga zarba deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Germaniya ayrim sobiq harbiylarga siyosiy boshpana berishga qaror qilganidan hafsalamiz pir bo‘ldi. Ularning FETOga aloqadorligini isbotlovchi barcha dalillar mavjud. Germaniyaning bu qadami mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga rahna soladi va ittifoqdoshlik ruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz Germaniya o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishi va terrorchi tashkilotlar, jumladan, FETOga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurashda zarur ko‘mak ko‘rsatadi, degan umiddamiz”, — deyiladi Turkiya TIV bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil yozidan beri 414 nafar turk harbiysi, diplomati, sudyasi va mansabdorlari hamda ularning oila a’zolari Germaniyadan siyosiy boshpana so‘rab, murojaat qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют