» » Germaniya turk harbiylariga siyosiy boshpana berdi

Germaniya turk harbiylariga siyosiy boshpana berdi


Turkiya askarlari va ularning oilalari Germaniyada siyosiy boshpanaga ega bo‘ldi. Bu haqda S?ddeutsche Zeitung nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi.

2016-yil iyulida davlat to‘ntarishiga harakatdan so‘ng, turk harbiylari Germaniyadan siyosiy boshpana so‘rab murojaat qila boshladi. Nashrning qayd etishicha, ariza bergan Turkiya fuqarolari shundoq ham yaxshi bo‘lmagan Anqara va Berlin munosabatlarini yomonlashtirishi mumkin.

Yanvar oxirida Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik Germaniya turk ofitserlariga boshpana berishni rad etishi kerakligini ta’kidlagandi. Ishikning so‘zlariga ko‘ra, ular davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

2016-yilning yozidan beri 414 turk askari, diplomati, sudyalari va mansabdorlari hamda ularning oila a’zolari Germaniyadan siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan.

May oyida Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin Germaniya Fathulloh Gulenning fitnaga aloqasi bor ekanligini tan olmay, Turkiyadagi davlat to‘ntarishi tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qilgandi.

O‘z navbatida Germaniya federal razvedka xizmati rahbari Bruno Kal Turkiyadagi to‘ntarishga urinishga Gulenning aloqasi borligi haqida hech qanday isbot yo‘q ekanligini aytgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют