» » NATO bosh kotibi: Turkiya davlat to‘ntarishi ortida turganlarni ta’qib etishga haqli

NATO bosh kotibi: Turkiya davlat to‘ntarishi ortida turganlarni ta’qib etishga haqli


Turkiya rasmiylari davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda gumon qilinayotganlarni ta’qib etishga haqli. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

“Turkiya o‘zini himoya etish va davlat to‘ntarishi ortida turganlarni ta’qib etishga haqli, biroq bu jarayon qonun ustuvorligiga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirilishi lozim”, — deya ta’kidladi Stoltenberg Yevroittifoq mudofaa vazirlarining Maltadagi norasmiy uchrashuvi arafasida. 

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga ko‘ra, mamlakat huquq-tartibot idoralari 26-aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi Fathulloh Gulen va uning FETO tashkiloti bilan aloqalarda gumon qilingan 1009 kishini qo‘lga oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют