» » OAV: Suriya armiyasi Dayr az-Zorni jangarilardan to‘liq ozod qildi

OAV: Suriya armiyasi Dayr az-Zorni jangarilardan to‘liq ozod qildi


Suriya qurolli kuchlari va uning ittifoqdoshlari tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlar natijasida Dayr az-Zor shahri IShID jangarilaridan to‘liq ozod qilindi. Bu haqda Londondagi Suriya inson huquqlari monitoringi markaziga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Suriya hukumati mazkur ma’lumotni rasman tasdiqlamadi.

Al-Hamidiya tumani ozod etilganidan so‘ng hukumat qo‘shinlari Shayx Yasin tumaniga hujumni davom ettirdi. Hujumdan ko‘p o‘tmay IShID mudofaasini yorib o‘tish va tumanni qo‘lga olishga erishildi.

Shuningdek, armiya bo‘linmalari Abu-Adad, Al-Baji dahalari va Al-Ardi hamda Al-Rashidiya tumanlarining katta qismini egalladi.

Hozirda Suriya armiyasi Dayr az-Zorning 92 foizini o‘z nazoratiga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют