» » Twitter xodimi ishdan ketadigan kuni Trampning akkauntini o‘chirib qo‘ygani aniqlandi

Twitter xodimi ishdan ketadigan kuni Trampning akkauntini o‘chirib qo‘ygani aniqlandi


Twitter kompaniyasi texnik ta’minot xodimi ishdan bo‘shatilgan kuni AQSh prezidenti Donald Trampning akkauntini o‘chirib qo‘ydi. Uning akkaunti 11 daqiqa davomida ishlamay turdi, deb eslatadi Meduza.

Dastlab Twitter akkaunt xato tufayli o‘chib ketganini ma’lum qildi, ammo ichki tekshiruv davomida bu qasddan qilinganini aniqladi. Bu ishni amalga oshirgan xodimning ismi keltirilmadi.

O‘z navbatida, Tramp akkaunti o‘chib ketganining ijobiy jihatlarini topdi. Uning fikricha, bu uning xabarlarini nihoyat o‘qiy boshlaganlarini ko‘rsatadi.

“Twitter’dagi akkauntim isyon ko‘targan xodim tomonidan 11 daqiqa davomida o‘chirib qo‘yildi. So‘zlarim nihoyat odamlarga yetib borib, ta’sir qila boshlagandir”, — deb yozdi Tramp akkaunti tiklanganidan so‘ng.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют