» » AQShda senator Rend Polga hujum qilgan erkak qo‘lga olindi

AQShda senator Rend Polga hujum qilgan erkak qo‘lga olindi


AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ygan amerikalik senator Rend Polga uyushtirilgan hujum tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Voqeadan so‘ng tuzilgan orderda siyosatchiga uning 59 yoshli qo‘shnisi Rene Bucher hujum qilgani ko‘rsatilgan. Erkakning anesteziolog bo‘lib ishlashi va tananing orqa qismidagi og‘riqni qoldiruvchi jiletni yaratganligi ma’lum, deb yozmoqda “TASS”.

Hodisa 3-noyabr, juma kuni kunduzi senatorning Bouling-Grin shahridagi uyida yuz bergan. Politsiya orderida Bucher senatorga tashlanib, uni yerga yiqitgani qayd etilgan. Hujjatga ko‘ra, siyosatchining yuzida lat yegan joylar bor, bundan tashqari, uning qovurg‘asi shikastlangan va nafas olishi qiyinlashgan.

Bucherni hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar qo‘lga olgan. Uning ishi bo‘yicha garov puli besh ming dollar etib belgilangan. Erkakka nisbatan Polga hujum qilganlik aybi qo‘zg‘atilgan va bu ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tavsiflanadi.

Politsiya vakilining ma’lum qilishicha, senator hujum qilgan erkakni shaxsan tanigan. Qayd etilishicha, agar Bucherda qandaydir qurol bo‘lganida, unga nisbatan ayb jiddiyroq bo‘lgan bo‘lardi. Janjalga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют