» » IShID Rossiyaning Surgut shahridagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID Rossiyaning Surgut shahridagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti Rossiyaning Surgut shahridagi piyodalarga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda, IShID nazorati ostidagi Amaq axborot agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakillari mazkur hujum uchun teraktni asosiy versiya sifatida ko‘rmayotganini ma’lum qilgan edi.

19-avgust kuni Rossiyaning Surgut shahrida soxta xudkush kamarini taqib olgan erkak ko‘chada bir necha kishiga pichoq bilan hujum qildi, oqibatda politsiyachi tomonidan otib o‘ldirildi. Yetti kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi hujum qilgan erkakning shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi. Hujum qilgan shaxsning ismi rasman e’lon qilingani yo‘q. “Layf” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, uning ismi Artur Gadjiyev.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют