» » Meksikalik siyosatchi saylovlarda g‘olib bo‘lsa, birinchi raqamli bortni Trampga sotishga so‘z berdi

Meksikalik siyosatchi saylovlarda g‘olib bo‘lsa, birinchi raqamli bortni Trampga sotishga so‘z berdi


Meksikalik siyosatchi Andres Manuel Lopes Obrador mamlakat prezidenti Enriko Penya Nyeto foydalanadigan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini AQSh prezidenti Donald Trampga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS“ xabar bermoqda.

“Milliy qayta tiklanish harakati” partiyasi yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u kelgusi yildagi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lsa  Oq Uy rahbariga mazkur taklif bilan murojaat qilmoqchi.

“Qaytaraman, biz prezident samolyotini sotamiz. Avvalo biz uni Trampga taklif qilamiz, agar u mazkur taklifni qabul qilmasa, u holda boshqa Boeing kompaniyasiga murojaat qilamiz”, — deb yozdi siyosatchi Twitter’dagi sahifasida.

2012-yilda Felipe Kalderon prezidentligi davrida buyurtma qilingan birinchi raqamli bort Meksikaga 2016-yilning fevralida olib kelingan. Uning bahosi 350 milliondan 580 milliongacha deb baholangan.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют