» » Samarqandda o‘qish vaqtida bozor va internet klublarida bo‘lgan o‘quvchilar ushlandi

Samarqandda o‘qish vaqtida bozor va internet klublarida bo‘lgan o‘quvchilar ushlandi


Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya hamkorligida umumta’lim maktablarida davomatni yaxshilash, dars vaqtida o‘quvchi-yoshlarning bozorlar, internet klublari va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda bo‘lishining oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deb yozadi “Zarafshon” gazetasi.

Jumladan, Samarqand shahridagi 8-umumta’lim maktabidagi ta’lim sifati, o‘quvchilar davomati hamda boshlang‘ich tashkilot yetakchisi faoliyati o‘rganilganda davomat 92,4 foizni tashkil etishi, ayrim o‘quv xonalaridagi sanitariya holati talab darajasida emasligi ma’lum bo‘ldi.

Urgut tumanidagi 54, 37-umumta’lim maktablaridagi davomat 90,1 foizni tashkil qilgan holda dars mashg‘uloti vaqtida bozorda ikki nafar o‘quvchining savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgani, Oqdaryo politexnika kollejining uch nafar o‘quvchisi internet klubida yurgani aniqlandi.

Nurobod tumanidagi 41, 67-umumta’lim maktablari, maishiy xizmat kasb-hunar kollejida o‘quvchilar formasi joriy qilinmagani, darsliklar yetishmayotgani, o‘qituvchilarning darslarni ko‘rgazmali vositalarsiz o‘tayotgani, to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilmagani, jurnallar vaqtida to‘ldirilmayotgani kuzatildi.

Paxtachi tumanida esa bir nafar voyaga yetmagan o‘quvchi internet-klubda, sakkiz nafari bozorda yurgani ma’lum bo‘ldi.

Tadbirlar yakunida salbiy holatlarni barataraf etish, joylardagi profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish, jamoatchilikning rolini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют