» » Yengilmas bokschi Qudratillo Abduqahhorov viza muammosi sabab AQShda emas, Andijonda jang qiladi

Yengilmas bokschi Qudratillo Abduqahhorov viza muammosi sabab AQShda emas, Andijonda jang qiladi


O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov 18-noyabr kuni Las-Vegasda hisob bo‘yicha o‘zining 13-jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq u viza muammosi sabab O‘zbekistonga qaytishi haqida aytdi.

“Olamsport” nashrining oydinlik kiritishicha, WBC Silver chempionlik kamari sohibi bo‘lgan Abduqahhorov 18-noyabr kuni Andijonda ringga ko‘tariladi. Bunda uning raqibi o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Sherzod Alimjonov bo‘lishi aytilgan. Bu reytingi jangi maqomida bo‘ladi.

Rejaga ko‘ra, Qudratillo dekabr oyida yana AQShga jo‘nab ketadi. U yanvar oyida chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilishi kerak. Charm qo‘lqop ustasi ayni paytda WBC yo‘nalishining o‘z vazn toifasida jahonning 5-raqamli bokschisi bo‘lib turibdi.

66,7 kilogramm vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Abduqahhorov murabbiy Ilgar Aliyev qo‘l ostida Filippin poytaxti Manilada mashg‘ulot o‘tkazgandi. Aytilishicha, chempionlik kamari uchun faqatgina 1 ta jang qolgan. Bu yo‘lda sportchi yana bir reyting jangida zafar quchishi kerak.

Manilada, shuningdek, o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘afforov ham mashg‘ulot olib borgandi. Unda ham viza bilan bog‘liq muammo kuzatilgan hamda do‘stiga qo‘shilib, ortga qaytishga majbur bo‘lgan. 18-noyabr kuni Azizbek ham O‘zbekistonda reyting jangini o‘tkazadi.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют