» » Golini Messi uslubida nishonlagan “Lion” futbolchisi fanatlarning maydonga yopirilishiga sabab bo‘ldi

Golini Messi uslubida nishonlagan “Lion” futbolchisi fanatlarning maydonga yopirilishiga sabab bo‘ldi


Fransiya chempionligi uchun kurash olib borayotgan 4 ta klubning barchasi kamida 5 ta gol farqi bilan zafar quchdi. 12-turda yetakchilar qanday natija qayd etgani quyida ko‘rsatilgan.

Turning diqqatga molik voqeasi “Joffrua Gishar” stadionida yuz berdi. “Sent-Etyen” muxlislari 1 ta chetlatish va raqibning 4 ta goliga zo‘rg‘a chidab turgandi. Nabil Fekir o‘zining ikkinchi, jamoasining beshinchi golini Messi uslubida nishonlaganidan so‘ng, ular junbushga keldi.

Getty Images suratlaridan ko‘rish mumkinki, fanatlar Fekir futbolkasini yechib, uni qo‘liga olishi bilan maydonga birin-ketin yugurib chiqishni boshlagan. Natijada bosh hakam uchrashuvni kamida 40 daqiqa to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Toki maxsus xizmatlar vaziyatni bartaraf etib, stadionni tinchitmagunicha, futbolchilar maydonga qo‘yilmagan. Voqeadan shokka tushib qolgan Nabil Fekir murabbiy tomonidan darhol almashtirildi. Uchrashuvning qolgan 10 daqiqasini Jordan Ferri davom ettirdi.

Fransiya Futbol Uyushmasi mavjud vaziyatni o‘rganib chiqib, mezbonlarga nisbatan jazo chorasi belgilaydi.

Fransiya. Liga 1

12-tur o‘yinlari

4-noyabr, shanba

Gollar: Guido Karrilyo, 10 (1:0). Yuri Tilemans, 27 (2:0). Keyta Balde, 36 (3:0). Fabinyo, 46+ pen (4:0). Adama Traore, 76 (5:0). Guido Karrilyo, 78 (6:0).

Gollar: Kilian Mbappe, 5 (0:1). Yulian Draksler, 14 (0:2). Edinson Kavani, 30 (0:3). Edinson Kavani, 60 (0:4). Kilian Mbappe, 84 (0:5).

Gollar: Luis Gustavo, 43 (1:0). Florian Toven, 47 (2:0). Morgan Sanson, 52 (3:0). Kostas Mitroglu, 76 (4:0). Florian Toven, 81 (5:0).

Gollar: Memfis Depay, 10 (0:1). Nabil Fekir, 25 (0:2). Mariano Dias, 58 (0:3). Bertran Traore, 65 (0:4). Nabil Fekir, 85 (0:5).

Chetlatish: Leo Lakrua, 47 (S).

Опубликовано: admin (6-11-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют