» » Fransiya. “Monako” markaziy o‘yinda yengildi. Kavanisiz o‘ynagan Neymar va Mbappe gol urolmadi

Fransiya. “Monako” markaziy o‘yinda yengildi. Kavanisiz o‘ynagan Neymar va Mbappe gol urolmadi


Fransiya chempionatining 9-turida amaldagi chempion “Monako” mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Lionga tashrif buyurgan monakolik futbolchilar kamida 1 ochko bilan qaytishga yaqin turgandi. Biroq so‘nggi soniyalarda Fekir dublini rasmiylashtirib, “Monako”ni taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.

Leonardu Jardim shogirdlari bunga qadar “Nitssa” maydonidan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgan bo‘lsa, o‘z maydonida “Monpelye”ni taslim qila olmagandi — 1:1. Lionga qarshi uchrashuv mavsumdagi uchinchi yo‘qotish bo‘ldi.

Edinson Kavani harakat qilmagan o‘yinda chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “PSJ” qiyin g‘alabaga erishdi. Mazkur 3 ochko parijliklar yetakchiligini yanada mustahkamladi.

Fransiya Chempionati
9-tur bellashuvlari
13-oktabr, juma

Gollar: Mariano Dias, 11 (1:0). Roni Lopesh, 17 (1:1). Nabil Fekir, 23 (2:1). Adama Traore, 34 (2:2). Nabil Fekir, 95+ (3:2).

14-oktabr, shanba

Gollar: Tomas Myonye, 71 (0:1). Benjamen Jano, 87 (1:1). Tomas Myonye, 92+ (1:2).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют