» » Rossiyalik senator Kubada harbiy bazani joylashtirish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi

Rossiyalik senator Kubada harbiy bazani joylashtirish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi


Rossiya harbiy bazasining Kubada joylashtirilishi xavfsizlik manfaatlari uchun xizmat qiladi, shuningdek, harbiy-dengiz flotini Vyetnamga qaytarish haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Bu haqda Federatsiya kengashi mudofaa qo‘mitasi raisi, harbiy-koinot kuchlari sobiq qo‘mondoni Viktor Bondarev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”. 

Buning uchun Kuba va Vyetnam rasmiylarining roziligi talab etiladi. 

“Amerika tajovuzi kuchayib borayotgan sharoitda Kubada Rossiya harbiy bazasining joylashtirilishi xalqaro xavfsizlik manfaatlari uchun xizmat qilgan bo‘lardi”, — dedi Bondarev. 

Senatorga ko‘ra, oldinlari Rossiyaning Ozodlik orolidagi harbiy ishtiroki Qo‘shma Shtatlari tajovuzini tiyib turishda qo‘l kelgan. 

Опубликовано: admin (6-11-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют