» » O‘zbekistonda dollar kursi uch haftalik o‘sishdan so‘ng 10,50 so‘mga pastladi

O‘zbekistonda dollar kursi uch haftalik o‘sishdan so‘ng 10,50 so‘mga pastladi


O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 7-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8 067 so‘m 62 tiyin etib belgilandi. Bu 31-oktabrdagi kursga nisbatan 10 so‘m 50 tiyinga kam. Qayd etish joiz, bungacha dollar kursi ketma-ket uch hafta o‘sdi. O‘sishdan avval esa kurs besh hafta davomida pastlagan edi.

7-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 9367 so‘m 31 tiyin (31-oktabrdagi kursga nisbatan 13 so‘m 81 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 136 so‘m 62 tiyin (31-oktabrdagi kursga nisbatan 2 so‘m 65 tiyin arzon) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют