» » Folgadan yasalgan sharchalar kir yuvishda qanday yordam beradi?

Folgadan yasalgan sharchalar kir yuvishda qanday yordam beradi?


Kiyimlarni tozalash – juda sertashvish va sinchkovlikni talab qiladigan ish.  Hatto agar sizning kir yuvish mashinangiz eng so‘nggi rusumda bo‘lsa ham, ba’zan yuvilgan kiyimlarning sifati sizni ranjitadi: goh dog‘ izlari qoladi, goh o‘zingiz xohlagandek toza yuvilmaydi, gohida benuqson ko‘rinishingiz zarur bo‘lgan paytlarda sun’iy gazlamadan tikilgan liboslar aksiga olgandek elektrlana boshlaydi.

Oxirgi ko‘ngilsizlik masalasida boshimizdan o‘tkazgan tajribalarimizni o‘rtoqlashganimiz yaxshiroq deb o‘ylaymiz.

Ma’lum bo‘lishicha, har qanday qimmatbaho konditsionerlardan ko‘ra, o‘z qo‘llaringiz bilan yasalgan oddiy alyuminiy folgadan qilingan mahkam sharchalar bunday elektrlanishni  muvaffaqiyatli ravishda yengib chiqar ekan.

Balki siz buni yaxshi bilarsiz, alyuminiy – statik elektrlanishni neytrallashtiruvchilarning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.

Va agar siz folgadan yasalgan bunday sharchani kir mashinasiga kiyimlar bilan birga solsangiz, unda gazlamalar alyuminiy ionlariga to‘yinadi va “yopishish”ni bas qiladi.

Endi bunday yordamchilar sizning har bir kir yuvishingizda qatnashishi mumkin: bu sharcha sizga yarim yil xizmat qiladi (aytmoqchi, ularning bir yo‘la bir nechtasidan foydalanish mumkin).

Mana ko‘rdingizmi, eng oddiy va deyarli bepul vosita sizga nafaqat elektrlangan kiyimlarning yoqimsiz xususiyatlaridan qutulishga, balki mablag‘ingizni tejashga ham yordam beradi. Chunki kir yuvishda ishlatiladigan konditsionerlarning narxi arzon emas.

Manba: “Xitrosti jizni”

Опубликовано: admin (7-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют