» » Orzular sari 18 oy:  28 yoshli saratonga chalingan qiz turmushga chiqdi

Orzular sari 18 oy:  28 yoshli saratonga chalingan qiz turmushga chiqdi


Buyuk Britaniyada yashovchi Martin Kilminister og‘ir kasallikka chalinganini uch oy avval bildi, deb xabar beradi 7MedNews.

Dastlab 28 yoshli qiz belida kuchli og‘riqlardan aziyat chekdi, so‘ng og‘riq uning oyoqlarida ham paydo bo‘ldi.

Shifokorlar qo‘ygan tashxis Martin va uning qallig‘ini dahshatga soldi. Qiz umurtqa saratoniga chalingan edi. Onkologlarning so‘zlariga ko‘ra, qizning uzog‘i bilan 18 oy umri qolgan.

Sevgan qizini yo‘qotishi haqidagi xabar Kristofer uchun og‘ir zarba bo‘ldi. U Martin bilan 12 yildan beri birga va bu vaqt oralig‘ida ular ikki farzandli bo‘lgan edi. Shifokorlar tashxisini bilgach, juftlik to‘y qilishga ahd qildi.

Martinning so‘zlariga ko‘ra, qo‘rqinchli tashxisdan so‘ng bir oy o‘tib ular to‘y qilgan va bu qizning orzusidagi to‘y edi.

To‘yga tashrif buyurgan mehmonlar Kristoferning Martinning qo‘lidan tutib  Aerosmith’ning “I don’t want to miss a thing” (“Seni bir daqiqaga ham yo‘qotishni istamayman”) qo‘shig‘i sadolari ostida raqsga tushayotganini ko‘rib, ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.

Hozirda Martin Kilminister o‘z kasalligi bilan kurashishda davom etmoqda.

Juftlik to‘y sayohatiga borishni ham rejalashtirmoqda. Yaqin kunlarda Martin kimyoviy terapiya muolajalarini oladi, biroq afsuski muolajalar Martinni davolay olmaydi. Ular kasallik rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin, xolos.

Martin imkon qadar ko‘proq vaqtini yaqinlari bilan o‘tkazishni va o‘zidan faqat yaxshi xotiralarni qoldirishni istashini aytgan.

U o‘zidek og‘ir kasallikka chalingan insonlarni o‘z orzusidan voz kechmaslikka undamoqda.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют