» » AQSh va Janubiy Koreya rahbarlari Chxonvade qarorgohida muzokaralarni boshladi

AQSh va Janubiy Koreya rahbarlari Chxonvade qarorgohida muzokaralarni boshladi


Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp Seuldagi Chxonvade (Havorang uy) qarorgohida ikki tomonlama muzokaralarni boshladi. AQSh prezidenti 7-noyabr, seshanba kuni Koreyaga davlat tashrifini amalga oshirdi, deb xabar berdi “TASS”.

Qarorgohda Tramp kortejini faxriy qorovul va orkestr kutib oldi. Koreya qirollari saroyining qo‘riqchilari kabi tarixiy sariq-qizil-ko‘k kastyumlarni kiyim olgan aktyor va musiqachilar Amerika prezidenti o‘tirgan avtomobilni Chxonvade binosiga — havorang tomli an’anaviy pavilyonga kuzatib qo‘ydi.

U yerda amerikalik mehmonni Mun Chje In kutib oldi. Suratga tushish marosimidan so‘ng, yopiq eshiklar ortida muzokaralar boshlandi.

Ta’kidlash kerakki, Janubiy Koreya rahbari rejalashtirilgan grafigini buzib, AQShning Seuldan 60 kilometr narida joylashgan Kemp Xamfriz harbiy bazasiga Tramp bilan uchrashgani keldi. Mun Chje Inning bazaga kelishi oldindan xabar qilinmagani sabab, bu barcha uchun syurpriz bo‘ldi. Avvalroq, ikki mamlakat rahbari kunning ikkinchi yarmida Seulda uchrashishlari haqida xabar berilgandi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют